Jamoat faollari o‘rtasida muhakama qilindi.
Joriy yilning 25 yanvar' kuni, Taxiatosh tumani 8-sonli umum ta'lim maktabida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Qo‘mita raisi S.T.Turmanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik M.T.Raxmatullaev, Taxiatosh tumani hokimi F.E.Allambergenov, Taxiatosh tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik J.U.Kamalov, Taxiatosh tumani hokimining xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosari Z.X.Saparova, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi Taxiatosh tuman bo‘limi rahbari M.S.Djumamuratova va mahalla faollari ishtirokida Taxiatosh tumani hududida sodir bo‘lgan og‘ir jinoyatlarning muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda jinoyatining sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, kelgusida bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha keng jamoatchilik bilan muhokama qilindi. Xususan, har bir sodir etilgan jinoyat jazosiz qolmasligi, uning jamiyat uchun salbiy oqibatlari haqida to‘xtatilib o‘tildi. Muhokama davomida podpolkovnik M.T.Raxmatullaev aholini hushyorlikka chaqirib, atrofdagilarga nisbatan befarq bo‘lmaslikni, har bir yosh avvalo bizning kelajagimiz ekanligini, ular tomonidan sodir etilgan har qanday jinoyat favqulodda holat sifatida baholanishini lozimligi, kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida aytib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi.