27 Yanvar 2023 yil 1429

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hodisaning kelib chiqish sabablarini muhokama qildi.

Payshanba jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish profilaktikasi kuni munosabati bilan joriy yilning 26 yanvar kuni Xo‘jayli tumani davlat soliq inspeksiyasi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov hamda Xo‘jayli tumani hokimi J. Yermashov tuman sektor rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari hamda fuqarolar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Joriy yilning 25 yanvar kuni tuman davlat soliq inspeksiyasi qoshidagi oshxonada chaqnash hodisasi natijasida bir fuqaro olgan tan jarohati oqibatida hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot qilgan hamda ikki fuqaro tan jarohatini olib, Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shu kabi baxtsiz hodisalar kelgusida yuz berishlaring oldini olish maqsadida Ichki ishlar vaziri tomonidan muhokama qilinib targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Shuningdek, profilaktika kuni tadbirida Respublikamiz hududida yuz berayotgan yo‘l transporti hodisalari, fuqarolarning plastik kartalaridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirish jinoyatlari va ularning oldin olish choralari haqida so‘z bo‘ldi. Taʼkidlangandik, har bitta fuqaro yo‘llarda belgilangan yo‘l harakati qoidalariga rioya etish zarur ekanligi hamda ijtimoiy tarmoqlarda foydalanganda firibgarlardan ehtiyot bo‘lishligi, plastik kartalari raqamlari va boshqada maʼlumotlarini begona shaxslarga oshkora qilmasligi tushuntirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech