Ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodimlar uchun “Eng yaxshi psixolog” tanlovi eʼlon qilinadi
Tanlovda egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar
psixologiya yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega IIB xodimlari,
shahodatlangan va shahodatlanmagan psixologlarning ishtirok etishi mumkin.
Tanlovni oʻtkazish
bosqichlari:
Hududiy
saralash bosqichi – sentabr
oyida Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati, uning tarkibiy va hududiy
boʻlinmalari hamda taʼlim muassasalari xodimlari oʻrtasida;
Respublika
bosqichi – oktabr noyabr oylarida hududiy
saralash bosqichida gʻolib boʻlgan xodimlar oʻrtasida.
Tanlov
quyidagi shartlar asosida oʻtkaziladi:
a) ishtirokchilarning
psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlari;
targʻibot-tashviqot
ishlari (OAVda eʼlon qilingan materiallar, gazeta
va jurnallardagi
maqolalar va boshqalar);
ishtirokchilarning
trening, seminar, konferensiya va boshqa ommaviy tadbirlardagi ishtiroki.
b) psixologiya
kasbini yoritishga qaratilgan “Eng yaxshi psixolog” tashrif qogʻozi
videoroligi;
v) psixologiya
sohasini rivojlantirishga qaratilgan gʻoya va uni amaliyotga joriy qilish
istiqbollari;
g) ishtirokchilarning
bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar (savol-javoblar):
psixologiya
sohasiga tegishli ichki idoraviy hujjatlar boʻyicha savol-javoblar;
psixologiya sohasi
boʻyicha savol-javoblar.
Respublika
bosqichida gʻolib va sovrindorlar Ichki ishlar vazirligining diplom va
qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanishadi.
Bundan tashqari,
tanlovning respublika bosqichi gʻolib va sovrindorlari quyidagi imtiyozlarga
ega boʻladilar:
amaldagi intizomiy
jazo chorasini muddatidan oldin ragʻbatlantirish tariqasida bekor qilish;
muddatidan oldin
navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etish (harbiy tuzilmalar bundan mustasno);
psixologiya
sohasida malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish.
Gʻoliblarni
taqdirlash marosimi “22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan
oʻtkaziladi.
Ushbu tanlovda
qatnashish istagida bo’lgan IIB xodimlari 2024-yil 21-avgust kunidan 25-avgust
(shu kuni ham) kuniga qadar Vazirlikning MMI va KBTX MMIB Psixologik ta’minlash
guruhiga murojaat qilishingiz mumkin.
Murojaat
uchun: +(99861)-229-93-40
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV
Axborot xizmati