22 Avgust 2023 yil 843

“Intizom oyligi” doirasida faxriylar bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil qilindi

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 25-iyul kungi 208-sonli Farmoyishiga asosan Bo`zatov tumani Ichki ishlar bo’limida joriy yilning 25-iyul kunidan 25-avgust kuniga qadar “Intizom oyligi” o’tkazilishi yo`lga qo`yildi. Oylik doirasida faxriylar bilan “Uch avlod uchrashuvi” tashkil qilindi. Faxriylar ichki ishlar bo`limi xodimlariga har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq, yot va buzg’unchi g’oyalarga murosasiz kurashuvchi barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ular qalbida davlat va xalqimizning xavfsizligini ta’minlashda shaxsiy daxldorlik va yuqori mas’uliyat hissini shakllantirish maqsadida o`z tavsiyalarini berishdi.

Text to speech