Chimboy tumanida navbatdagi sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2021 yil 20 oktabr kuni, Chimboy tumani hokimiyati binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev va tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda tuman barcha sektor rahbarlari tomonidan Chimboy tumani aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida, vazir o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan 25 nafar fuqarolarning turli masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi. Jumladan, fuqarolarning “bankdan kredit olishda amaliy yordam berish, ishga joylashtirib berish, kasal farzandiga kerakli dorilar bilan ta’minlashda, yangi qurilgan uyining kadastr hujjatlari yuritilish tartibi bo‘yicha hamda kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam bilan ta’minlashda” amaliy yordam kabi masalalari ko‘rib chiqildi.
Vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan 16 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal qilindi va qolgan 9 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shu kuni, Chimboy tumani hokimiyati binosida Chimboy yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida “Mamlakatimizda yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlariga” bag‘ishlangan kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mahallalarda ishlarni “mahallabay” tashkil etib, “yoshlar daftari”ga kiritilgan mehnatga layoqatli yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirganlariga amaliy yordamlar ko‘rsatish choralari ko‘rildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati