13 Noyabr 2024 yil 993

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan Xo‘jayli tumani hokimligida « Dolzarb 50 kun» maxsus profilaktik tadbiri davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan Ho‘jayli tumani hokimligi majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishga tuman sektor rahbarlari, korxona-tashkilot hamda mahalla yettiligi qatnashdi. Ichki ishlar vaziri respublikamiz hududida o‘tkazilayotgan «Dolzarb 50 kun» maxsus profilaktik tadbiri davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning, shuningdek sodir etilishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish va bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga  topshiriqlar berildi

Text to speech