9 Yanvar 2021 yil 1113

«Eng kitobxon maktab» loyihasi g'oliblari taqdirlandi.

Bugun, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora tadbirlar dasturi to'g'risida”gi PQ-3271–sonli Qarori hamda belgilab berilgan 5 tashabbusdan to'rtinchisi – yoshlar orasida kitobxonlikni targ'ib etish bo'yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasida o'tkazilgan  “Eng kitobxon maktab” loyihasining ikkinchi bosqichi yakuniga bag'ishlab  tadbir bӯlib ӯtdi.
Tadbirni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisining o'rinbosari A.Davletov ochib berdi va Hurmatli Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda bugungi kunda yoshlar o'rtasida kitoxonlikni targ'ib qilish, ularni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov so'zga chiqib, yoshlarimiz yaratilib berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yangidan-yangi nashrdan chiqayotgan sermazmun asarlarni o'qib borish yoshlarning ongi o'sishi, tafakkuri teranlashib, o'zining mustaqil fikriga ega bo'lishini aytib, g'oliblarni tabrikladi.
Ushbu loyiha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va “Kitob markazi–Kitob dunyosi” tarmoq markazlari tomonidan  o'tkazildi. Mazkur loyihada jami 721 ta maktab ishtirok etdi. Ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan 350 ming nafardan ziyod o'quvchilar, shuningdek, ularning ota-onalari va  o'qituvchilar uchun kitob bayramlari tashkil etilib, ana shu tadbirlar davomida ular sifatli va mazmunli kitoblar bilan ta'minlandi.
Loyiha yakunlariga ko'ra, “ Eng kitobxon maktab” deya topilgan Nukus shahar 37-sonli umumta'lim maktabiga “Spark” avtomashinasi va To'rtkӯl tumanidagi 68-sonli umumta'lim maktabiga “Spark” avtomashinasi taqdim etildi.
“Eng kitobxon tuman” deya e'tirof etilgan Shumanay tumani xalq ta'limi bӯlimiga “Neksiya” avtomashinalari kaliti topshirildi.
Tadbirda «Eng kitobxon ichki ishlar xodimi» nominatsiyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari  polkovnik I.Axmedov g'olib deb topilgan bo'lsa,  “Iqtidorli o'quvchi”, “Eng faol kutubxonachi”, “Faol maktab direktori”, “Eng faol OAV xodimlari” nominatsiya g'oliblariga ham qimmatbaho sovg'alar taqdim etildi.
Tadbir davomida san'atkorlar va yosh xonandalar ijrosidagi dilrabo kuy-qo'shiqlar va ajoyib raqslar kechaga o'zgacha fusun, dillarga ko'tarinkilik bag'ishladi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech