Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash dasturi to‘g‘risida”gi 781-sonli Qarori hamda Ichki ishlar vazirining 2021 yil 3 iyuldagi “Ички ishalr organlari xodimlari o‘qishi uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 237-sonli buyrug‘i talablari ijrosini ta’minlash shuningdek, Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ular ongida milliy mafkurani shakllantirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy qadryatlarga hurmat Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhini singdirish, o‘qitish va tarbiyalash orqali islohatlar mazmun-mohiyatini, mustaqillikning ahamiyati, qadr-qimmatini tushuntirish ishlarini yanada takomillashtirish hamda xodimlarni kitob o‘qitishga jalb qilish maqsadida joriy yilning 05 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.
Unda xodimlar o‘zlari istagan kitoblarni харид qilib, shaxsiy kutubxonasining kitob захирасини ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati