15 Oktyabr 2024 yil 4274

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan 2024 yil 9 oyi davomidagi ish faoliyati sarhisob qilindi

Joriy yilning 14 oktyabr kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev raisligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekspert-kriminalistika markazi va uning joylardagi ekspert-kriminalistika bo‘limlarining 2024 yil 9 oyi davomidagi ish ko‘rsatkichlarini muhokama qilish, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda sohaviy xizmat tomonidan 2024 yil  9 oyi davomida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasi

 

Text to speech