MUKOFOT O‘Z EGALARIGA TOPSHIRILDI
Joriy yilda Prezidentimiz farmoniga ko‘ra jahon miqyosida keng tarqalgan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el–yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf–xatarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan kishilarni “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash belgilangan edi.
Ayni kunlarda joylarda ushbu ko‘krak nishonini o‘z egalariga topshirish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Shunday tadbir Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVda ham o‘tkazilib, unda vazir polkovnik A.Temirxanov mukofotga loyiq deb topilgan 52 nafar xodimga ko‘krak nishonlarini tantanali ravishda topshirdi. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi IIV Kadrlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik X.Maxsumov ishtirok etdi.
–Dunyo bo‘yicha davom etayotgan pandemiya davrida unga qarshi kurashish va keng tarqalishining oldini olishda boshqa sohalar qatorida ichki ishlar organlari xodimlari munosib hissa qo‘shib kelmoqda. O‘tgan vaqt ichidagi ushbu xizmatimizni munosib baholab bizni shunday mukofotga loyiq deb topgan ekan bundan men juda xursandman. Bu eʼtibor esa kelgusida paytlari faoliyatimizni yana-da samarali olib borishga undaydi–deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Tibbiyot bo‘limi sanitariya–epidemiologiya nazorati markazi boshlig‘i, katta leytenant Paraxat Qulimbetov.
Azamat PIRNIYAZOV,
“Postda” muxbiri
Qoraqalpog‘iston Respublikasi