19 Mart 2022 yil 562

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida  Navro'z umumxalq bayrami bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 19 mart kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida yangilanish va yasharish bayrami bo'lgan Navro'z tantanalari bo'lib o'tdi.
Tadbirda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Orыnbayev  so'zga chiqib bugungi bayram bilan yig'ilganlarni tabrikladi.
Shundan so'ng,  vazirlik xodimlari o'rtasida sport musobaqalari o'tkazildi. Xodimlar Makarov pistoleti va Kalashnikov avtomatlarini to'liqsiz qismlarga ajratish va yig'ish arqon tortishish, tosh ko'tarish kabi sport turlarida kuch sinashishdi hamda musobaqa g'oliblari, vazirlik rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanishdi.
Sana munosabati bilan tashkillashtirilgan bayram dasturxoniga sohaviy xizmat xodimlari va faxriylari taklif qilindi.
Tadbir, respublika madaniyat xodimlarining va vazirlikning Orol yulduzlari ansamblining kontsert dasturi bilan davom etdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech