22 Noyabr 2024 yil 2185

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonida Nukus shahrida yuz bergan og‘ir oqibatli jinoyatlar muhokama qilindi

Nukus shahrida joylashgan tibbiyot texnikumi binosi majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan Nukus shahrida yuz bergan og‘ir oqibatli jinoyatlar muhokama qilindi. Unda Nukus shahri sektor rahbarlari korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla yettiligi aʼzolari qatnashdi. muhokama yig‘ilishida Ichki ishlar vaziri so‘zga chiqib Nukus shahri hududida yuz berayotgan og‘ir oqibatli jinoyatlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berilib, ularning kelib chiqish sabablariga to‘xtalib o‘tildi. Bu kabi og‘ir oqibatli jinoyatlarning barvaqt oldini olishda mahalla yettiligi birgalikda ishlarni tashkil etib mahallalarda targ‘ibot tashviqot ishlarni kuchaytirish kerakligi tushuntirildi hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati      

Text to speech