Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari podpolkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan Qo'ng'irot tumani 3-sektorning ish faoliyati o'rganildi.
Joriy yilning 28 may kuni vazir o'rinbosari M.Raxmatullayev tomonidan Qo'ng'irot tumani 3-sektorida pandemiya va global iqtisodiy inqiroz sharoitida aholi bandligi va farovonligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarga manzilli yordam ko'rsatish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda barcha imkoniyatlarni ishga solgan holda ish o'rinlarini ko'paytirish masalalarida amalga oshirilayotgan ishlari o'rganilib, tegishli chora-tadbirlar belgilanib olindi.
Shuningdek, Qo'ng'irot tumani faollari bilan birgalikda joriy yilda
tuman hududida sodir etilgan jinoyatlar muhokama qilinib, mazkur jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlari o'rganilib, kelgusida jinoyatlarning profilaktikasi bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar belgilanib olindi.
Vazir o'rinbosari Qo'ng'irot tuman IIB rahbariyati bilan birgalikda, Qo'ng'irot tumani “Qaratal” MFY hududida yashovchi Probatsiya hisobida turuvchi muqaddam sudlangan shaxslarning muhtoj oilalariga hamda kam ta'minlangan ba'zi oilalarga ijtimoiy yordamlar ko'rsatildi.
Tumandagi “Minjarg'an” va “Qaratal” MFY hududidagi profilaktika inspektorlarining xizmat uylari hamda tayanch punktlariga borilib, sharoitlari o'rganildi.
Bundan tashqari, vazir o'rinbosari M.T.Raxmatullayev Qo'ng'irot tumani IIBda xizmat qilayotgan xodimlarning ish faoliyatlari hamda ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv hujjatlarini ko'rib chiqib, qonuniy qaror qabul qilinishi yuzasidan tegishli yo'nalishlarni berib o'tdi.
Tumanning koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlari tekshirilib, fuqarolarning karantin qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan ishlarni davom ettirishlik bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.