16 Noyabr 2024 yil 1991

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Qo‘ng‘irot tumani hokimligida tuman masʼul rahbarlari ishtirokida «Xavfsiz hudud- Dolzarb 50-kunlik» profilaktik tadbirida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov boshchiligida Qo‘ng‘irot tumani hokimligining majlislar zalida tuman sektor rahbarlari, korxona va tashkilot hamda mahalla yettiligi ishtirokida «Xavfsiz hudud- Dolzarb 50-kunlik» profilaktik tadbirida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri so‘zga chiqib respublikamiz hududida o‘tkazilayotgan Dolzarb 50-kunlik tadbirining mazmun mohiyatini yig‘ilganlarga tushuntirildi. Shuningdek tuman hududida jinoyatchilikni jilovlash huquqbuzarliklarga qarshi qurushish borasida masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech