Xodimlarning farzandlariga tavsiyanoma va taqdimnomalar topshirildi.
Bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlari va oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishga mamlakatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 fevraldagi PQ-4212-son «Ichki ishlar organlari xodimlari va oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 6 maydagi 375-son «Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarning Davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» gi qarori ijrosi bo‘yicha joriy yilning 22 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov uning o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov vazirning maslahatchisi iste’fodagi polkovnik O.Turdaqovlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan jami 121 ta xodimlarning 128 ta farzandlariga tavsiyanoma va taqdimnomalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov tomonidan tantanali ravishda topshirildi. O‘z navbatida xodimlar ko‘rsatilayotgan bunday e’tiborga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati