Sho‘manoy tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
2021 yil 17 mart kuni, Sho‘manoy tumani 13-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi J.Ubbiniyazov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari M.A.Jumanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining birinchi o‘rinbosari adliya katta maslahatchisi T.K.Nurmetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev hamda tegishli tashkilotlar masʼul rahbarlari va tuman barcha sektor rahbarlari ishtirokida tuman aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi hamda tadbir jarayonida tumandagi “Yoshlar bilan uchrashuv” bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabul davomida, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan fuqarolarning turli masalalaridagi murojaatlari qabul qilindi.
Jumladan, “IIOga ishga joylashish, bankdan kredit olishda yordam berish, harbiy xizmatga yuborishda hamda harbiy xizmatni o‘tayotgan o‘g‘lini yaqinroq harbiy qismga o‘tkazishda amaliy yordam berish” kabi masalalari ko‘rib chiqildi.
Kunning ikkinchi yarimida, Sho‘manoy tumani “Ketenler” OFY hududida bir guruh shaxslar tomonidan sodir qilingan ko‘p epizodli o‘g‘irlik jinoyatining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida, o‘g‘irlik jinoyatini sodir qilgan bir guruh shaxslarga nisbatan jazoning muqarrarligi taʼminlanishi va jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanishi aytib o‘tildi hamda shunday holatlar takrorlanishini oldini olish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Shundan so‘ng, “Ketenler” OFY profilaktika inspektori xizmat xonasiga borilib, uning ish faoliyati o‘rganildi va kelgusida jinoyatlarning oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev, Sho‘manoy tumani Ichki ishlar bo‘limining navbatchilik qismida o‘rnatilgan “E-material” bazasidagi hujjatlarni o‘rgandi va O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 16 iyun kunidagi 102-sonli farmoyishi bilan tashkil qilingan “so‘rovxona”ni ko‘zdan kechirib, uning faoliyati bilan tanishdi hamda IIBga olib kelingan barcha shaxslar bilan faqatgina so‘rovxonada tergovga qadar tekshiruv harakatlarini o‘tkazish va tegishli protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan topshiriqlar berildi. Keyin tuman IIB huzuridagi tergov guruhi ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv materiallari va jinoyat ishlarini o‘rganib, ko‘rsatmalar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi