22 Noyabr 2024 yil
2608
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov boshchiligida Amudaryo tumani hokimligida «Xavfsiz hudud- Dolzarb 50-kunlik» profilaktik tadbirida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov boshchiligida Amudaryo
tumani hokimligida «Xavfsiz hudud- Dolzarb 50-kunlik» profilaktik tadbirida
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni
Amudaryo tumani hokimi Sabir Xojametov ochib berdi. Undan so‘ng
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov
so‘zga chiqib bugungi kunda respublikamiz hududida o‘tkazilayotgan
«Xavfsiz hudud- Dolzarb 50-kunlik» profilaktik tadbirida amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Tuman hududida
jinoyatchilikning barvaqt oldini olish huquqbuzarliklarga qarshi kurashish
borasida ishlarni jadallashtirish bo‘yicha masʼul rahbarlarga topshiriqlar
berildi. Shuningdek kuz qish mavsumi vaqtida is gazidan zaharlanish
hamda yuz berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz holatlarning oldini olish borasida
korxona tashkilot rahbarlariga vazifalar belgilanib berildi.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi IIV Axborot xizmati