15 Noyabr 2024 yil 2036

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov boshchiligida Chimboy tumani hokimligida tuman sektor rahbarlari, korxona va tashkilot hamda mahalla yettiligi ishtirokida «Xavfsiz hudud- Dolzarb 50-kunlik» profilaktik tadbirida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov boshchiligida Chimboy tumani hokimligining majlislar zalida tuman sektor rahbarlari, korxona va tashkilot hamda mahalla yettiligi ishtirokida «Xavfsiz hudud- Dolzarb 50-kunlik» profilaktik tadbirida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Ichki ishlar vaziri so‘zga chiqib respublikamiz hududida joriy yilning 11 noyabr kunidan 2025 yilning 2 yanvar kuniga qadar yurtimizda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, salbiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi har qanday holatlarga qarshi kurashish, targ‘ibot tadbirlarining samaradorligini oshirishga qaratilganligini takillab o‘tdi. Chimboy tumani hududida ko‘ngilsiz hodisalarning yuz berishining oldini olish, bu kabi tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi. Shuningdek ko‘z va qish mavsumida korxona va tashkilotlarda hamda xonadonlarda ko‘ngilsiz hodisalaring barvaqt oldini olish va targ‘ibot tashviqot ishlarini kuchaytirish borasida masʼul rahbarlarga topshiriqlar berildi

Text to speech