14 Mart 2021 yil 959

Xodimga pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV 27-sonli koloniyasida oldin jinoyat sodir etib jazo muddatini o‘tayotgan mahkum R.Q. Koloniya boshlig‘ining o‘rinbosari mayor K.Bekmuratovga shartnoma obyektlariga ishga jalb qilmaslik evaziga 200 000 so‘m pullarni pora tariqasida taklif qilgan. Holat  yuzasidan   koloniya boshlig‘ining o‘rinbosari mayor K.Bekmuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan.Mazkur bildirgiga asos, O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘limi va Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida mahkum R.Q. koloniya boshlig‘ining o‘rinbosari mayor K.Bekmuratovning xizmat xonasida 200 000 so‘m pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech