13 Oktyabr 2025 yil
152
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i Taxiatosh tumanida "Oila-maktab-mahalla" tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar borishini o‘rgandi.
Tumanda joylashgan maktablarda
o‘quvchilarning darsga qatnashishi, maktab o‘quvchilari o‘rtasida
huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha "Oila-maktab-mahalla"
tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Shuningdek,
mahallalardagi profilaktika inspektorlarining xizmat olib borishi, aholi bilan
yaqin aloqada bo‘lishi yuzasidan o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bilan
yaqin aloqada bo‘lishi, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha
bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.