8 May 2025 yil 672

Amudaryo tumani Ichki ishlar bo‘limida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri rahbarligida "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor profilaktik tadbiri doirasida tuman hududida jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Shu yilning 7-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan Amudaryo tumani Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2025-yil 09-aprel kungi 142-sonli buyrug‘iga asosan Respublikamiz hududida shu yilning 15-aprel kunidan 15-may kunlari oralig‘ida "Xavfsiz va sog‘lom el" tezkor profilaktik tadbiri doirasida tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishidagi olib borilgan ishlari tanqidiy ko‘z bilan ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan ijtimoiy profilaktika mahalla yetakchisiga berilgan tavsiyalarning bajarilishi hamda bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Text to speech