26 Mart 2021 yil 1129

Spirtli ichimlik ichib avtotransport boshqargan shaxs xodimga pora taklif qildi.

Joriy yilning 22 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiyotosh tumanida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida o‘tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida shu tumanda yashovchi A.Yu. avtotransport vositasini sportli ichgan holda boshqarib kelayotganligi aniqlanib tegishli tartibda rasmiylashtirilgan. Fuqaro A.Yu. sodir etgan qoidabuzarligi bo‘yicha o‘ziga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxiyotosh tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati katta inspektor kapitan A.Bekbosinovga 5.000.000 (besh million) so‘m pullarni pora tariqasida berishini taklif qilgan.
Holat yuzasidan, kapitan A.Bekbosinov vazirlik rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Mazkur bildirgiga asos, joriy yilning 25 mart kuni,  O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda tumani prokuraturasi hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Taxiatosh tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi guruhi davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati katta inspektor kapitan A.Bekbosinovning xizmat xonasida fuqaro A.Yu. o‘ziga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga taklif qilgan puldan ortiq miqdordagi 6.000.000 (olti million) so‘m pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan, Taxiyotosh tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech