15 Oktyabr 2025 yil 64

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning sohaga oid muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Qonliko‘l tumani Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish va ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun mas’ul xodimlarning ishtiroki ta’minlandi. Sayyor qabul jarayonida 15 nafardan ortiq fuqarolarning sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlari qabul qilinib, ularning 10 tasi joyida ijobiy hal etildi, ayrim murojaatlar o‘rganish va vaqt talab etishini inobatga olib, mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi hamda murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bir guruh fuqarolarga shaxsini tasdiqlovchi ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech