16 Aprel 2023 yil 243

Beruniy tumanida “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” doirasida targ‘ibot tashviqot ishlari olib borildi

Beruniy tuman IIBda ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan  “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV mas‘ul xodimi, IIB MMI va KBTX, hamda  tuman IIB rahbariyati, shaxsiy tarkibi hamda xodimlarning ota-onalari ishtirok etdi.
Ko‘lami keng tadbirda so‘z olganlar shaxsiy tarkib o‘rtasida qonuniylikni mustahkamlash, xizmat intizomiga rioya etish, korrupsion xarakterdagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan ishlarni yana-da kuchaytirish maqsadida joriy yilning 12-19-aprel kunlari ichki ishlar organlarida “Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi” e‘lon qilinganini ta‘kidlashdi.
Ichki ishlar vazirligi  tomonidan tayyorlangan “Korrupsiya - jaholatga yo‘l” nomli maxsus videofilm  ishtirokchilarga namoyish etildi.

 

Text to speech