12 Iyun 2025 yil
443
Bo‘zatov tumani Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, adliya bo‘limi FHDYO bo‘limi boshlig‘i tomonidan tuman xotin-qizlariga huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi "2025 yilda
respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori to‘g‘risida hamda adliya bo‘limi
xodimlari tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar, mehnat qonunchiligi haqida
tushunchalar berib o‘tildi va buklet (flayer) lar tarqatildi. Shuningdek,
xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni
ta’minlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish,
qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi va erta nikohning oldini olish, ajrimlarning
oldini olish haqida tushunchalar berildi.