25 Avgust 2023 yil 573

Bo’zatov tumani Ichki ishlar bo’limi shaxsiy tarkibi bilan saf ko’rigi va saf tayyorgarlik mashg’ulotlari o’tkazildi

Qoraqalopg`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 22-avgust kungi 24/1056-sonli ko`rsatmasiga asosan, Bo’zatov tumani Ichki ishlar bo’limi shaxsiy tarkibi bilan saf ko’rigi va saf tayyorgarlik mashg’ulotlari o’tkazildi. Bunda asosan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-avgust kungi "Ichki ishlar organlarida formali kiyim-boshni kiyib yurish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida"gi 232-sonli buyrug’i talablari asosida tashkil qilindi. Saf ko’rigi va saf tayyorgarligiga mas’ul xolimlar tomonidan shaxsiy tarkibning belgilangan formali kiyim-boshni o’rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga amal qilishi, tashqi ko’rinishi, xizmat guvohnomalari mavjudligi va tabel kuroli biriktirilganligiga hamda saf tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

Text to speech