22 Oktyabr 2025 yil 258

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning sohaga oid muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Chimboy tumani Xalq qabulxonasi binosida Chimboy, Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlari fuqarolari uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish va ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun mas’ul xodimlarning ishtiroki ta’minlandi. Sayyor qabul jarayonida 15 nafardan ortiq fuqaroning sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlari qabul qilinib, ularning 10 tasi joyida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlarni o‘rganish va vaqt talab etishini inobatga olib, mas’ul idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi va murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Text to speech