Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Qo‘ng‘irot va Qonliko‘l tumanlari ichki ishlar bo‘limlarining ish faoliyati o‘rganildi
O‘rganish davomida,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid Farmon va Qarorlarining
ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ichki ishlar
vazirligining 11.03.2025 yildagi Qo‘shma ko‘rsatmasi ijrosini to‘laqonli
taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tekshirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
24.04.2024 yildagi «Ichki ishlar organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari bilan ilash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 200-sonli
buyrug‘iga asosan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash ahvoli o‘rganilib,
tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bundan tashqari, ichki ishlar bo‘limi xodimlarining yashash sharoitlari va
oilaviy ahvoli o‘rganilib, yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazildi.