18 Fevral 2025 yil
627
Bo‘zatov tumani IIB boshlig‘i U.Kurbanbayeva Adliya bo‘limi boshlig‘i K.Paluaniyazov rahbarligida Bo‘zatov tumani Ichki ishlar bo‘limida Probatsiya guruhidagi va Profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-80-sonli Farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Uchrashuv davomida bugungi kunning dolzarb masalalari bo‘yicha qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, mehnat qonunchiligi bo‘yicha, takroriy jinoyatlar va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha keng tushunchalar berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati lo‘nda tarzda tushuntirilgan buklet va flayerlar hudud aholisiga tarqatildi. Bu boradagi ishlar hali davom etmoqda.