23 Mart 2022 yil
789
Chimboy tumanida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Orinbayevning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 23 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Orinbayevning Chimboy tumani «Taza jol» qishloq fuqarolar yig‘inida sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan sayyor qabulda, fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi bo‘yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirishlar berildi hamda amaliy yordam ko‘rsatish va ijrosini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati