29 Sentyabr 2025 yil 281

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh Kegeyli tumanida o‘rganish ishlarini olib bordi.

Kegeyli tumani hududida jinoyatchilikning erta oldini olish mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlarning bajarilishi, shuningdek voyaga yetmaganlarning huquqbuzarlik qilishining oldini olish yo‘nalishida tuman hokimligi bilan birgalikda tuman hududidagi barcha maktab direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazilib sodir etilayotgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi. Shuningdek, o‘quvchilarning darsga ishtiroki ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech