19 Fevral 2025 yil
1068
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan Taxtako‘pir tumani ichki ishlar bo‘limining ish faoliyati va xodimlarining yashash sharoitlari va oilaviy sharoiti o‘rganilib, yaqin qarindoshlari bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek,
kriminogen holati og‘ir va "sariq" toifaga tushgan tumanning
"G‘arezsizlik" mahallasi mas’ullari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi "2025-yilda Respublika
mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish
tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar
to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan amalga oshirilayotgan ishlari
o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.