Yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishini orttirish maqsadida musobaqa o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston IT texnikumining sport zalida Nukus sharhidagi 3-sektori hududida joylashgan o‘rta maxsus taʼlim muassasalari yosh o‘qtuvchi ayollar o‘rtasida sportning voleybol to‘ri bo‘yicha Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining kubogi o‘tkazildi. Musobaqaga jami o‘qtuvchi ayollardan tashkil topgan 6 jamoa ishtirok etib, musobaqa qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakuniga kura 1-o‘rin Telekommunikatsiya transport tarmoqlari filiali jamoasiga, 2-o‘rin 2-sonli Nukus kasb-hunar texnikumi va 3-o‘rin Qoraqalpog‘iston IT texnikumi o‘qtuvchilaridan tashkil topgan jamoaga nasib qildi.
G‘olib jamoalar 3-sektor boshlig‘ining diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati