22 May 2023 yil 251

EZGU TASHABBUS

Kitob va kitobxonlik inson kamolotida muhim o'rin tutadi. Zero, mutolaaga bog'langan ko'ngil kitobdan behad ulug' ma'naviy ozuqa oladi. Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida o'quv yili davomida muntazam ravishda “Kitob yarmarkalari” o'tkazilib, litsey jamoasi va o'quvchilar o'zlari uchun zarur bo'lgan kitoblarni xarid qilish ana'naga aylanib ulgurgan. Ammo Ichki ishlar vazirligi tomonidan e'lon qilingan “Ma'naviyat oyligi” doirasida 20 may kuni o'tkazilgan “Kitob yarmarkasi” o'zgacha bo'ldi. Bu “Kitob yarmarkasi”da  litsey jamoasi va o'quvchilar nafaqat o'zlari uchun qiziqarli bo'lgan adabiyotlarni xarid qilish, balki litseyning axborot-resurs markazining kitoblar fondini ko'paytirishga e'tibor qaratib, “JONAJON LITSEYIMGA KITOB SOVG'A QILAMAN” shiori ostida aktsiya tashkil qilish tashabbusini bildirib, harbiy xizmatchilar, o'qituvchilar, to'garak rahbarlari va boshqada xodimlar hamda o'quvchilar aktsiya doirasida bo'lib o'tgan “Kitob yarmarkasi”da xarid qilgan kitoblarini litsey axborot resurs markaziga sovg'a tariqasida topshirdilar

Text to speech