27 Oktyabr 2025 yil 460

«25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari» kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan o‘z xizmat burchini masʼuliyat bilan sidqidildan, halol bajargan, ijobiy natijalarga erishgan, hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh tergovchi va surishtiruvchilarga Vazirlikning faxriy yorliqlari topshirilib, pul mukofotlari bilan taqdirlandi

 Bundan tashqari, mashaqqatli va masʼuliyatli, shu bilan birga sharafli hisoblangan tergovchilik kasbini egallab, tergov tizimida sidqidildan xizmat qilib kelayotgan bir guruh tergovchilarning ota-onalariga O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, Ichki ishlar organlari tergov sohasida ko‘p yillar xizmat qilgan podpolkovnik A.A.Mirzamuratovga esdalik sovg‘alar topshirilib, nafaqaga kuzatildi.

Text to speech