"Xatar guruhidagi bolalar va oilalar bilan ishlash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar" mavzusida respublika bo‘yicha Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaz ijtimoiy xodimlari va psixologlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tmoqda
Toshkent shahrida Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi tashabbusi bilan 2025 yil 14-18 aprel oraligidagi Milliy va xalqaro mutaxassislar, jumladan Kolumbiya Universiteti (AKSH) ijtimoiy ish maktabi professor ishtirokida "Xatar guruhidagi bolalar va oilalar bilan ishlash bo‘yicha ijtimoiy xizmatlar" mavzusida uquv kursining 1-bosqichi boshlanib unda 5 modul ga asoslanib, seminarga hamkor tashkilotlar va respublika bo‘yicha Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markaz ijtimoiy xodimlari va psixologlari ham qatnashmoqda.Dastur mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish, idoralararo hamkorlikni kuchaytirish hamda Xatar guruhidagi bolalar va oilalar bilan ishlashda ilmiy asoslangan, xalqaro miqyosida eʼtirofga ega yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan.