24 Avgust 2024 yil
1029
«Xavfsiz hudud» oyligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
“Xavfsiz
hudud” va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi” doirasida
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini
saqlash boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Quat Utambetov tomonidan Nukus
shahrida jinoyatchilikni jilovlash borasida tungi xizmatga yo‘l olgan
xodimlarga yo‘riqnoma berildi.
Yo‘riqnomada
sodir etilgan jinoyatlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda
qonunbuzarliklarning sabab va omillarini bartaraf etish rejalari belgilab
olindi. Shuningdek xodimlarga fuqarolar bilan xush muomala bo‘lib xizmat
intizomiga amal qilish kerakligi tushuntirildi