Xodimlar o‘rtasida qonunchilikni mustahkamlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Joriy yilning 1-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligining majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar
vazirining o‘rinbosari podpolkovnik G‘ulomjon Eshimbetov va O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
podpolkovnik Saidjon Omonovlar boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik
G‘ulomjon Eshimbetov olib bordi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari
xodimlari ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
podpolkovnik Saidjon Omonov respublika bo‘yicha xodimlar tomonidan
qonunbuzarliklar va xodimlar bilan bog‘liq salbiy holatlar to‘g‘risida
maʼlumotlar berilib, kelgusida bunday salbiy holatlarning oldini olish, qonun
doirasidan chetga chiqmaslik bo‘yicha xodimlarni nazorat qilish bo‘yicha
sohaviy xizmat rahbarlariga topshiriqlar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
IIV Axborot xizmati