13 Sentyabr 2025 yil 185

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari yuzasidan navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslarning muammolariga hamda murojaatlariga yechim topish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovning navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolar o‘zlarining buzilgan huquqlari shuningdek Ichki ishlar organlariga bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qildilar. O‘tkazilgan shaxsiy qabulda murojaatchilarning muammolari shaxsan vazir tomonidan tinglanib, ko‘pchilik murojaatlar shu joyning o‘zida yechim topgan bo‘lsa, o‘rganish ishlari va vaqt talab qilinadigan murojaatlar bo‘yicha arizalar qabul qilinib, ijrosini taʼminlash yuzasidan muddatlar belgilanib tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati  

 

Text to speech