6 Sentyabr 2024 yil 1409

Ichki ishlar organlarida “Yeng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 11-martdagi 121-sonli buyrug‘i hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 31-iyuldagi 180-sonli buyrug‘i talablariga asosan,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlarida “Yeng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish belgilangan. Ushbu ko‘rsatma talablarining ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 5-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida joylarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yo‘nalishida xizmat olib borayotgan rahbar xodimlar ortasida  “Yeng yaxshi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar targ‘ibotchisi” ko‘rik-tanloviga start berildi. Keyingi sonlarda ko‘rik-tanlov g‘oliblari bo‘yicha batafsil maʼlumot berib otamiz
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmat

Text to speech