6 Iyul 2023 yil 214

“Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasining To‘rtko‘l tuman bosqichi o‘tkazildi.

4-5 iyul kunlari To‘rtko‘l tumanidagi sport maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasining 2023-yil 9-iyundagi 17-1082-sonli topshirig‘iga muvofiq,  O'zbekiston Respublikasi IIVning 2023 yil 25 iyun kungi 186-sonli farmoyishiga asosan 17 yoshgacha bo‘lgan o'smirlar o'rtasida sportning voleybol turi bo'yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasining To‘rtko‘l tuman bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqaning ochilish marosimida IIB boshlig‘i muovini podpolkovnik R.Askarov ishtirok qilib, musobaqani ochib berdi. Musobaqa yakunida o‘g‘il bolalar o‘rtasida  faxrli 1-o‘rinni “Nurli yo‘l” OFY  2-o‘rinni “Mustaqillik” va 3-o‘rinni “Tozabo‘zyop” MFY jamolari qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida 1-o‘rinni 30-maktab, 2-o‘rinni “Oqboshli” OFY, 3-o‘rinni “Tozabo‘zyop” MFY qizlar jamosi qo‘lga kiritdi.                                                                                                                                                                           

 

 

Text to speech