14 May 2022 yil
515
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.T.Orinbaevning navbatdagi sayyor qabuli Buzatov tumanida bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 14 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3 sektor boshlig‘i ichki ishlar vaziri polkovnik A.T.Orinbayevning Buzatov tumani «Yerkindәrya» O.F.Y da sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan sayyor qabulda, fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi bo‘yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirishlar berildi hamda amaliy yordam ko‘rsatish va ijrosini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabul so‘ngida sektor rahbari hamda tuman hokimligi tomonidan kam taʼminlangan, yordamga muhtoj oilalarga maishiy texnikalar yordam tariqasida berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati