9 Iyun 2023 yil 493

IIV xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha qo'shinlariga qarashli Nukus shahrida joylashgan 7261 harbiy qismda kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirish marosimi boʻlib oʻtdi

Tadbirda Qoʻshin qoʻmondoni polkovnik Shokirjon Xudaynazarov, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirok etdi
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori talablariga muvofiq 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idora xodimlarining farzandlari uchun Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun besh foizli kvota hamda burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan xodimlarning farzandlariga esa oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga tanlovsiz qabul qilinish to‘g‘risida tavsiyanomalar berilishi belgilangan.
O‘tkazilgan mazkur marosimda ham shunday imkoniyatga ega bo‘lgan bir guruh yigit-qizlarga besh foizli kvota hamda bir nafariga davlat granti asosida Oliy ta’limning bakalavriat bosqichiga tanlovsiz o‘qishga kirish to‘g‘risidagi tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech