17 Yanvar 2025 yil 2586

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning intellektual va professional bilim darajasini xodimalarda ilmni qadrlash, bilim olishga intilish kabi tushunchalarni mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkillashtirildi

Joriy yilning 17-yanvar kuni Nukus shahrida joylashgan Yoshlar markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Xotin qizlar o‘rtasida zakovat intellektual o‘yin tashkillashtirildi. Tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Madjitov oshib berdi hamda ishtirokchilarga omadlar tiladi. Intellektual o‘yinda vazirlikning barcha boshqarma sohaviy xizmatlarda qilayotgan xotin qizlar ishtirok yetishdi. Bunda jamoatlar 5 kishidan iborat tarkibda o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazib, har bir turda 12 tadan savol bo‘lib jami 24 ta savol berildi hamda har bir savolga  o‘ylash uchun 1 daqiqa vaqt berildi. G‘olib bo‘lgan jamoalar bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berib boriladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech