13 Sentyabr 2021 yil 925

Ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi faoliyatini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida 2021 yilning 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi Hay’atining kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishi 8-son bayoni talablarining ijrosini ta’minlash, shuningdek hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, “jinoyatchilikni jilovlash” borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ilmiy va uslubiy ko‘maklashish hamda tizim uchun kadrlar tayyorlash sifatini yanada oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining tajribali xodimlaridan iborat, Hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish hamda “jinoyatchilikni jilovlash” borasida amalga oshirilayotgan ishlarga ilmiy va uslubiy ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi faoliyatini boshladi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech