25 Oktyabr 2021 yil 693

Kasb bayramida faxriylarga izzat-ikrom ko‘rsatildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan tergov tizimida uzoq yillar davomida faoliyat ko‘rsatib, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriylarning yashash uylariga tashrif buyurilib, ularni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil topganligining 30yilligi hamda 25 oktabr- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan muborakbod etib, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining tabriknomasi va Tergov departamenti tomonidan chop etilgan “Tergov xizmati faxriylari” kitobi topshirildi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV rahbariyatining samimiy tilaklari yetkazildi.
O‘z navbatida, faxriylarimiz xodimlarga o‘zlarining tavsiya va tilaklarini bildirib, ko‘rsatilgan hurmat va ehtirom uchun Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib,
mashaqqatli shu bilan birga sharafli kasblarida ulkan muvaffaqiyatlarni tilab qoldilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech