15 Noyabr 2024 yil
757
Kegeyli tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev ishtirokida Sayyor qabul tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani Yoshlar
markazi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari
polkovnik M.T.Raxmatullayev ishtirokida Sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor
qabul jarayonida jami 16 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib,
ularning probatsiya hisobidan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish,
fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalarni rasmiylashtirish hamda boshqa turli
ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar joyida ijobiy hal etildi. Ayrim
murojaatlar o‘rganish va vaqt talab qilishi inobatga olinib, mutasaddi
idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi va murojaat
egalari huquqiy tushuntirishlar berildi.