19 Aprel 2024 yil 1321

“Namunali oila” ko‘rik tanlovi o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etish, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish, yoshlarni hayotga tayyorlash, dunyoqarashi va maʼnaviyatini yuksaltirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarni ommalashtirish maqsadida, “Namunali oila” ko‘rik-tanlovi tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” gi 2022-yil 15-fevral kungi 37-sonli,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV ning 2024-yil 08-aprel kungi 49-sonli farmoyishi talablari ijrosini taʼminlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlarining oila aʼzolari o‘rtasida “Namunali oila” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda. Ko‘rik talovning natijalari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar berib boriladi
Qoraqalpogiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech