4 May 2024 yil 1526

“Eng yaxshi mergan” nominatsiyasi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Oltinchi MH 2-son tergov hibsxonasi hamda 27-son manzil koloniyasi bilan hamkorlikda xodimlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘ining 15.04.2024 yilgi 118-son farmoyishining kalendar-rejasiga asosan xodimlar o‘rtasida joriy yil aprel-may oylarida “Eng yaxshi mergan” nominatsiyasi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishi belgilangan. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘riqlash boshqarmasi binosida joylashgan elektron tir “SKAT” xonasida 2-son TH va 27-son MK o‘zaro hamkorlikda xodimlar o‘rtasida “Eng yaxshi mergan” nominatsiyasi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.Musobaqa yakunida “Eng yaxshi mergan” nominatsiyasi g‘oliblari taqdirlandi.

 

Text to speech