OBOD VA XAVFSIZ MAHALLA
Beruniy tumani hokimligi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 30 mart kungi “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining mazmun-mohiyati bo‘yicha tumandagi fuqarolar yig‘ini raislari, ichki ishlar organi profilaktika inspektorlari, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari, mahallalardagi xotin-qizlar faoli hamda yoshlar yetakchilariga keng turda tushuntirish berish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishni Beruniy tumani hokimi A.X.Saparbayev olib bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B.Т.Abdullayev huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi islohotlarning bugungi holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda mahalla va mahallalardagi yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va profilaktika inspektorlarining roli va ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yangidan tatbiq qilinayotgan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ichki ishlar organlarining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida imzolangan ”Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorning mazmun-mohiyati haqida keng tushuncha berildi.